20:27 / 18.02.2021
1304
Facebook Avstraliya ommaviy axborot vositalarining yangiliklari ijtimoiy tarmoq orqali tarqatilishini cheklab qo‘ydi

Avvalroq Google Avstraliyada internet qidiruv xizmati o‘chirib qo‘yilishi haqida ogohlantirgandi.

Foto: imago

Avstraliya raqobat va iste'molchilarni himoya qilish komissiyasi tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasi ommaviy axborot vositalariga ularning maqola va xabarlarini joylashtirgani uchun IT-platformalar ularga pul to‘lashi kerakligini ko‘zda tutadi.

Facebook Avstraliya hukumati kelgusi haftada qabul qilishni rejalashtirgan qonun tufayli bu mamlakat ommaviy axborot vositalarida chop etilgan yangiliklarning ijtimoiy tarmoq orqali tarqatilishini cheklab qo‘ydi.

18 fevral kuni ommaviy axborot vositalarining barcha xabarlari Facebook ijtimoiy tarmog‘idan o‘chirib tashlandi, deb xabar bermoqda The Sydney Morning Herald nashri.

Nashrning yozishicha, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar, kasaba uyushmalari, xayriya tashkilotlarining xabarlari ham o‘chirib tashlangan.

12 fevral kuni Avstraliya federal parlamenti 2020 yil yozda e'lon qilingan qonun loyihasini ko‘rib chiqishni boshladi. Avstraliya raqobat va iste'molchilarni himoya qilish komissiyasi tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasi ommaviy axborot vositalariga ularning maqola va xabarlarini joylashtirgani uchun IT-platformalar ularga pul to‘lashi kerakligini ko‘zda tutadi. Agarda tomonlar to‘lov miqdorini kelisha olmasa, buni davlat arbitri belgilaydi. Aks taqdirda kompaniyalar umumiy daromadining 10 foizi miqdorida jarimaga tortiladi.

Avvalroq Google kompaniyasi ushbu qonun qabul qilinadigan bo‘lsa, Avstraliyada internet qidiruv xizmati o‘chirib qo‘yilishi haqida ogohlantirgandi.

Top