14:00 / 24.02.2021
5017
"Bitta ko‘zi yo‘q bo‘lsa ham mayli, bolam yonimda bo‘lsin": Oqqon yetkazgan iztiroblar

Xalq tilida oqqon deb ataluvchi kasallikni eshitgan inson bir seskanadi. Chunki ko‘rinmas dardning zalvori juda ko‘pchilikning gardaniga musibatni yuklagan. Bugun ham shunday musibat ostida ezilayotgan onalar va bolalar haqida ...

Mayli bitta ko‘zi yo‘q bo‘lsa ham, yonimda yurganiga shukur

Onasi Ziyoda opaning so‘zlariga ko‘ra, oqqondan davolanayotgan Iroda kimyoterapiyalar oqibatida bir ko‘zidan ham ayrilib qoldi. Bu kasaldan tuzalsa, unga ko‘z qo‘yish uchun ham operatsiya zarur. “Bunaqa kasal bo‘laman deb hech o‘ylamagandim. Lekin bitta ko‘zimdan ajralganim yomon bo‘ldi. Dadam mashinasini ham sotdi, kerak bo‘lsa uyimizniyam sotmoqchi. Ota-onamga juda qiyin bo‘ldi”,- deya qon yig‘laydi qizgina. Ota-ona esa bitta ko‘zi yo‘q bo‘lsa ham farzandi yonlarida ekanligiga shukur qilishadi.

Iroda Mo‘minovaga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 5138 5742 otasi Oybek Shodiyev nomida

Sberbank: 4278 3100 2017 9016 otasi Oybek Shodiyev nomida

Viza: 9860 0301 0137 1364 otasi Oybek Shodiyev nomida

Telefon: +998997608882 (onasi)

 Bolani bu yoshgacha yetkazishning o‘zi osonmas

15 yoshli Sanjarbekda kuchli og‘riqlar va burundan qon ketishlar bilan boshlangan kasallik hamon yengilmayapti. Ayni paytda uni yengishda yaxshi insonlar madadi kerak bo‘lyapti. Oila a'zolari farzandlarining tuzalib ketishi uchun bor imkoniyatlarini ishga solishdi. “Bolani bu yoshgacha yetkazishning o‘zi osonmas. Qiynalib ketgan paytlarimiz bankdan kredit olib ham davolatdik. Dorixonalardan qarz bo‘lib qoldik”,- deydi onasi. Orzularidan kuch olib yashayotgan yigitcha tuzalib ketish uchun harakat qilmoqda.

Sanjarbek Erkinovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 4909 8571 otasi Qahramon Jo‘rayev nomida

Sberbank: 4279 3806 7209 5116 qarindoshi Bahrom Kamoliddinov nomida

Viza: 4187 8000 0089 3404 otasi Qahramon Jo‘rayev nomida

Telefon: +998915464895 (onasi)

Otasi “kasal bola kerakmas” deb tashlab ketdi

Jajji Doniyor 1 yoshdan endigina oshganda og‘rib qoldi va qo‘yilgan tashxis ota-onani gangitib qo‘ydi. Otasi kasallikni eshitib ulardan voz kechganligi sabab onasi Zilola qo‘lidan kelgancha yaqinlari ko‘magida farzandi uchun kurashmoqda: “O‘zim biror joyda ishlamasam, otasi bunaqa qiladi deb o‘ylamagandim. Odamzotning boshidan hamma narsa o‘tar ekan, sabr-bardosh kerak ekan. Bitta onamning farroshlik bilan topadigan maoshlariga qarab qolganmiz”.

Doniyor Abdumajidovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 8079 7859 onasi Zilola Rustamova nomida

Sberbank: 4276 5500 3904 9922 buvisi Farida Hojiyeva nomida

Viza: 4187 8000 0067 9613 onasi Zilola Rustamova nomida

Telefon: +998946109328 (onasi)

 Harbiy bo‘lib, vatanimga xizmat qilaman

“2018 yildan beri o‘g‘lim shu kasallikdan davolanadi. To‘satdan qaytalab qoldi va yana qaytadan muolajalar olishimizga to‘g‘ri keldi. Er-xotin qayerdan mablag‘ olishni bilmay o‘ylanib qoldik. Chunki dorilar uchun hamma narsamizni sotib bo‘lganmiz”,- deydi onasi Feruza. Dilshodbek ulg‘ayganda harbiy bo‘lishni, vatanga xizmat qilishni istaydi. Buning uchun muruvvatli odamlar yordamidan umid qiladi.

Dilshodbek Odiljonovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 4669 6112 onasi Feruza Mo‘ydinova nomida

Sberbank: 4276 5500 6332 9869 qarindoshi Elyorbek Yo‘lchiyev nomida

Viza: 4187 8000 3002 1588 onasi Feruza Mo‘ydinova nomida

Telefon: +998939497420 (onasi)

Xayr-saxovat insonni yuksaltiradi, ikki dunyo saodatiga yetaklaydi. Dinimizda ham bu fazilat mo‘minning eng ulug‘ sifatlari ekanligi aytiladi. Imkon borida mablag‘, imkon yo‘g‘ida bir hovuch duo ham saxovat hisoblanishini unutmaylik!

Gulmira Toshniyozova tayyorladi,
tasvirchi Mirvohid Mirrahimov.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top