08:00 / 25.02.2021
4742
YHXBB haydovchilarga murojaat bilan chiqdi
Foto: KUN.UZ

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi barcha yo‘l harakati qatnashchilariga murojaat bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, respublika hududida ob-havo sharoiti o‘zgarib, qor yog‘ib, havo harorati keskin soviganligi ayni vaqtlarda muzlamalarni yuzaga keltirmoqda. Shu sababli haydovchilardan:

  • zaruratsiz transport vositasini ko‘chaga boshqarib chiqmaslikni;
  • zarurat bilan chiqqan vaqtda ham belgilangan qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda harakatlanishni;
  • gaz va tormoz tepkisini keskin bosmaslikni; 
  • piyodalarga e'tiborli bo‘lishni, piyodalardan esa yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslikni;
  • barcha avtomobil yo‘llarida, shaharlar markazlarida, ayniqsa dovon yo‘llarida yetarlicha past tezlikda harakatlanib, ehtiyotkor bo‘lish so‘ralgan. 

«Yana bir bor zaruratsiz avtotransport vositasini ko‘chaga boshqarib chiqmasliklarini so‘raymiz», deya yakunlanadi ma'lumot.

Top