20:40 / 02.03.2021
6463
Navalniyning zaharlanishi tufayli AQSh ham Rossiya rasmiylariga qarshi sanksiyalar joriy etdi

Avvalroq Yevroittifoq Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov, tergov qo‘mitasi boshlig‘i Aleksandr Bastrikin, jazoni ijro etish federal xizmati boshlig‘i Aleksandr Kalashnikov va Rosgvardiya qo‘mondoni Viktor Zolotovga nisbatan cheklov choralari joriy etgandi.

Foto: Reuters

AQSh Rossiya rasmiy shaxslariga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Xabar qilinishicha, jumladan, yetti nafar jismoniy shaxsga nisbatan cheklov choralari kiritiladi.

Qayd etilishicha, bu qarorga kelinishiga Aleksey Navalniyning "asabni falajlovchi modda" bilan zaharlangani va buning uchun aynan Rossiya javobgar ekanligi sabab bo‘lgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yaqin haftalarda kiberhujumlar uchun ham sanksiyalar e'lon qilinishi mumkin.

Avvalroq Yevroittifoq Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov, tergov qo‘mitasi boshlig‘i Aleksandr Bastrikin, jazoni ijro etish federal xizmati boshlig‘i Aleksandr Kalashnikov va Rosgvardiya qo‘mondoni Viktor Zolotovga nisbatan cheklov choralari joriy etgandi.

YeIning fikricha, ularning barchasi Aleksey Navalniyga nisbatan ayblov hukmi chiqarilishida javobgar hisoblanadi.

Qora ro‘yxatga tushgan amaldorlarga YeI mamlakatlariga kirish hamda Yevroittifoq mamlakatlaridagi banklarda pul mablag‘larini saqlash taqiqlanadi.

Top