19:54 / 03.03.2021
5013
Ipoteka kompaniyasi asoschisining boyligi bir kunda 32 mlrd dollarga oshdi

Deniyel Gilbert Forbes Real-Time talqini bo‘yicha dunyoning eng boy kishilari o‘ntaligiga kirdi.

Foto: Getty Images

Rocket Cos ipoteka kompaniyasi asoschisi Deniyel Gilbertning boyligi miqdori bir kun ichida 32,3 mlrd dollarga yoki 64 foizga o‘sdi. Forbes Real-Time reytingiga ko‘ra, endilikda uning boyligi 82,7 mlrd dollar deb baholanmoqda.

Natijada Gilbert Forbes Real-Time talqini bo‘yicha dunyoning eng boy kishilari o‘ntaligiga kirdi.

2 mart kuni Rocket Cos aksiyalari narxi 71 foizga qimmatladi.

CNBC telekompaniyasi xabariga ko‘ra, kompaniyaga Reddit ijtimoiy tarmog‘idagi WallStreetBets hamjamiyati treyderlari qiziqish bildirgan bo‘lishi mumkin. Ular avvalroq bir oydan ozroq vaqt ichida GameStop videoo‘yin do‘konlar tarmog‘i aksiyalari narxi bir necha baravarga ko‘tarilishiga sababchi bo‘lishgandi.

Top