18:10 / 07.03.2021
7822
EPSILON (EDC): Ayzovat-11 yangi qudug‘idan gazning sanoat ko‘lamidagi oqimi olindi

2021 yil 7 mart kuni mahsuldor gorizont burg‘ulangach, Ayzovat-11 qudug‘ida kuchli bosimga ega gaz chiqishi qayd etilib, ochiq stvolda sinov ishlari o‘tkazilishi barobarida esa gazning sanoat miqyosidagi oqimi olindi.

Quduqni loyihada nazarda tutilgan 3100 m chuqurlikkacha bo‘lgan burg‘ulash ishlari 10 kunlik muddat ichida yakunlanadi. Gazning kunlik hajmi 1 mln kub. m atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shu kunning o‘zidayoq gazni mamlakat aholisiga yetkazib berish uchun quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi.

Barcha ishlar belgilangan sanitariya-epidemiologiya talablari hamda ekologiya me'yorlariga qat'iy rioya qilingan holda bajarilmoqda. 

Epsilon Matbuot xizmati

Top