21:45 / 09.03.2021
10293
iPhone egalariga iOS tizimini darhol yangilash tavsiya etildi

Ma'lumot berilishicha, bu yangilanish xavfsizlikni optimizatsiya qilish hamda boshqa qator muammolarni bartaraf qilish bilan bog‘liq. 

Foto: Getty Images

Apple kompaniyasi kutilmaganda iOS 14.4.1 yangilanishini chiqardi va foydalanuvchilarga uni zudlik bilan o‘rnatishni tavsiya qildi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, bu yangilanish xavfsizlikni optimizatsiya qilish hamda boshqa qator muammolarni bartaraf qilish bilan bog‘liq. 

Qayd etilishicha, WebKit’dagi CVE-2021-1844 zaif nuqta o‘zgarishlarga olib kelishi va maxsus kodning bajarilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Microsoft browser vulnerability research mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, bu hakerlarga foydalanuvchilarning qurilmalariga zararli kontentlarni joylash imkonini beradi.

Kompaniya smartfonlar operatsion tizimini imkon boricha tezroq iOS 14.4.1 versiyasiga yangilashni maslahat bermoqda.

Top