21:59 / 11.03.2021
10867
Jaloliddin Masharipov BAA chempionatidagi ilk golini urdi

BAA Pro-ligasi 20-turi doirasida «Shabob Al-Ahli» safarda «Ajman» mehmoni bo‘ldi.

Ushbu bahsda dubayliklar safida o‘zbekistonlik ikki futbolchi – Jaloliddin Masharipov va Odil Hamrobekov asosiy tarkibda maydonga tushdi. 

O‘yindagi hisob mezbonlar tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, Masharipov 37-daqiqada penaltidan foydalana olmadi. Shunga qaramay, 51-daqiqada Jaloliddin Masharipov raqib jarima maydoni chizig‘i ustidan chap oyoqda yo‘llangan juda kuchli zarbasi evaziga «Shabob Al-Ahli»ga durang keltirgan golga mualliflik qildi. Bu gol o‘zbekistonlik futbolchining BAA chempionatidagi ilk goliga aylandi.

Ma'lumot uchun, «Shabob Al-Ahli» 20-turdan keyin 34 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.

BAA Pro-ligasi. 20-tur
11 mart (payshanba)
«Ajman» - «Shabob Al-Ahli» - 1:1
Gollar
: Travalli 40 – Masharipov 51.

Top