00:21 / 11.03.2021
7930

Kompakt-disk va kasseta plyonkasi ixtirochisi vafot etdi

Foto: ANP

XX asrda texnika sohasida tub o‘zgarishlar yasagan muhim ixtirolar, jumladan kassetalar uchun plyonka va kompakt-diskni yaratgan niderlandiyalik muhandis Lodeveyk Ottens 6 mart kuni 95 yoshida vafot etdi.

Dutch News nashrining xabar berishicha, Ottens Shimoliy Brabant provinsiyasidagi uyida hayotdan ko‘z yumgan.

Ottens butun umri davomida Philips kompaniyasida ishlagan. U kompaniyaning mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘limiga rahbarlik qilgan. Ottens bo‘limga rahbarlik qila boshlaganidan ko‘p o‘tmay u yerda portativ magnitofon ishlab chiqilgan. Keyinroq muhandis kassetalar uchun plyonkani ixtiro qilgan va bunda kassetaning o‘zi qulay va ixcham bo‘lishini nazarda tutgan. Keyinroq Ottens kompakt-diskni ixtiro qilgan.   

Muhandis 1986 yilda pensiyaga chiqqan va hamisha o‘z ixtirolari jamoaviy sa'y-harakatlar natijasi ekanini ta'kidlab kelgan. 

Mavzuga oid
Top