Jizzax viloyati bojxona boşqarmasi tomonidan olingan tezkor ma'lumotga asosan, tegişli idoralar bilan hamkorlikda Jizzax tumani hududida tezkor tadbir ötkazildi, deb xabar bermoqda Jizzax viloyati bojxona boşqarmasi axborot xizmati
Tadbir davomida, Jizzax tumani hududida yaşovçi J.Sagatovning (ism-şarif özgartirilgan) yaşaş xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar iştirokida közdan keçirilganda, öz xonadonida heç qanday hujjatlarsiz MR-3 va MR-4 formatdagi har xil teleserial, badiiy va jangari filmlar, klip, konsert hamda qöşiqlarni qölbola usulda DVD va CD disklarga yozib, sotiş uçun tayyorlab qöyganligi ma'lum böldi.
Tezkor tadbir davomida xonadondan jami 3135 dona kontrafakt DVD va CD disklar hamda ularni köpaytiriş uçun işlatilgan kompyuter jamlanmalari va har xil rangli böyoqlar aşyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uçun, 2017 yilning ötgan davri mobaynida Jizzax viloyati bojxona boşqarmasi tomonidan aniqlangan 29 ta holatda salkam 42 mln. sömlik tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyilgan.















