11:56 / 11.03.2021
2763
Kot-d’Ivuar bosh vaziri saratondan 57 yoshida vafot etdi 
Foto: TASS

Kot-d’Ivuar bosh vaziri Amed Bakayoko 10 mart kuni 57 yoshida vafot etdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Alassan Uattara ma'lum qildi. 

Uning ta'kidlashicha, bosh vazir va mudofaa vaziri lavozimlarini egallagan Bakayoko Germaniyada davolanish vaqtida saraton kasalligidan vafot etgan.

Mart boshida Bakayoko Fransiyaga jo‘nab, Parijdagi kasalxonalardan biriga davolanish uchun joylashtirilgan. Biroq 6 mart kuni ahvoli yomonlashgach, Germaniyaga ko‘chirib o‘tkazilgan.   

Jeune Afrique fransuz nashrining yozishicha, Kot-d’Ivuar prezidenti marhum bosh vazirni “buyuk davlat arbobi, yoshlar uchun o‘rnak, sadoqatli, hotamtoy” deb atagan.  

Top