Uels malikasi Keyt Middlton unga saraton taşxisi qöyilganini e’lon qildi. Bu haqda u Instagram’dagi rasmiy sahifasidagi videomurojaatida aytdi.
Malika Keyt 2024 yil yanvar oyi örtalarida operatsiya qilingandi. Qirollik saroyi rasmiy xabarida barçasi yaxşi ötgani aytilgan. Ammo u uzoq vaqt ommaga köriniş bermadi. Mart oyigaça vaziyat tinç bölib turdi. Ammo keyin Keyt uç farzandi bilan birga fotosuratini namoyiş etganidan keyin darhol jahondagi yetakçi naşrlar nazariga tuşdi: suratda fotoşop belgilari aniqlangandi.
U kasalligi haqidagi xabarni qabul qilişi va bolalarga hamma narsani tuşuntiriş uçun media maydonidan bir neça hafta çetda turişni lozim topganini aytgan. Keyt va valiahd şahzoda Uilyamning 3 nafar: ön yoşli Jorj, sakkiz yoşli Şarlotta va beş yoşli Lui ismli farzandlari bor.
The Guardian naşrining Bukingem saroyi matbuot xizmatiga tayanib yozişiça, Uels malikasi ijtimoiy tarmoqlardagi miş-mişlarga çek qöyiş uçun butun haqiqatni aytişni lozim deb topgan. Hozirda u kimyoterapiya qabul qilmoqda.
«Bu, albatta, katta zarba böldi. Men va Uilyam muammoni hal qiliş uçun qölimizdan kelganini qilmoqdamiz. Siz tasavvur qilayotganingizdek, bu vaqt talab etadi. Bu menga katta operatsiyadan keyin tiklaniş va davolanişni boşlaş uçun kerak edi», degan Keyt Middlton.

















