18:20 / 12.03.2021
4480
«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» Qarshidagi «Geolog» sport markazi ijarasi uchun tanlov e'lon qildi

«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJga qarashli Qarshi shahrida joylashgan «Geolog» sport sog‘lomlashtirish markazining sport zallari va xonalari 2021 yil uchun «Eng yaxshi tijoriy taklif» tanlovi orqali ijaraga berilishini ma'lum qilamiz.

«Eng yaxshi tijoriy taklif» tanloviga qatnashmoqchi bo‘lganlar majmua elektron pochtasiga va devonxona xizmatiga yozma shaklda murojaat etishlari mumkin.

Tanlov qatnashchilaridan soliq to‘lovchiligini tasdiqlovchi hujjat va tanlovga qatnashish uchun yozma murojaatnoma talab etiladi.

Murojaat uchun telefon: 0 (375) 552-41-30

E-mail: sgcc@sgcc.uz

Tanlov 2021 yil 30 martga qadar davom etadi.

Ijaraga beruvchi tomonidan qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • Ijaraga berilayotgan obekt va unda mavjud inventarlarga ijaraga oluvchi tomonidan zarar yetkazilmasligi, ya'ni foydalanishga topshirilgan kunidagi holatida saqlanishi shart. Obekt va inventarlarga zarar yetkazilganda, ijaraga oluvchi tomonidan yetkazilgan moddiy zarar qoplanishi shart.
  • Ijaraga oluvchi tanlovda g‘olib bo‘lgandan so‘ng oylik to‘lovni oldindan amalga oshirishi shart.

Reklama huquqi asosida

Top