23:04 / 19.03.2021
11488
Xiaomi avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Dastlabki tafsilotlarga ko‘ra, Xiaomi avtomobili Xitoyning Xiaopeng kompaniyasi 2014 yildan buyon ishlab chiqarayotgan elektromobillarga o‘xshash bo‘ladi. Unga avtopilot va akkumulyator quvvatini oqilona sarflash kabi ilg‘or texnologiyalar joriy etiladi.

Foto: Zuma/TASS

Xiaomi ikki oy ichida o‘z avtomobili ustida ishlashni boshlaydi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.

Manbaning aytishicha, Xiaomi ilk avtomobilini ishlab chiqarish bo‘yicha loyihasini boshlamoqda. Avtomobil ustida ishlash bir-ikki oy ichida boshlanadi.

Dastlabki tafsilotlarga ko‘ra, Xiaomi avtomobili Xitoyning Xiaopeng kompaniyasi 2014 yildan buyon ishlab chiqarayotgan elektromobillarga o‘xshash bo‘ladi. Qayd etilishicha, avtomobillarga avtopilot va akkumulyator quvvatini oqilona sarflash kabi ilg‘or texnologiyalar joriy etiladi.

Ushbu loyihada tadbirkor Van Chuan ishtirok etmoqda. Chuan kompaniyaning strategik direktori hisoblanadi. E'tirof etilishicha, Xiaomi TV bo‘linmasining rivojlanishida uning hissasi katta bo‘lgan.  

Xiaomi avtomobil bozoriga kirishni rejalashtiryotgani haqida fevral oxirlarida xabar tarqalgandi.

Top