2023 yilda Özbekiston yengil avtomobillar bozori hajmi 456 ming 347 donani taşkil etgan. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga taşrifi doirasida ADM Jizzakh avtomobil zavodida körsatilgan taqdimotda keltirib ötilgan.
Qayd etilişiça, ötgan yilda UzAuto Motors hissasiga 4 mlrd 852 mln dollarlik 369 ming 999 dona avtomobil, ADM Jizzakhʼga 823 mln dollarlik 25 ming dona avtomobil töğri kelgan.
Şuningdek, 2023 yilda 291 mln dollarlik 8 ming 948 dona BYD avtomobili, 1 mlrd 197 mln dollarlik 50 ming 435 dona boşqa rusumdagi avtomobillar import qilingan.
Bundan taşqari, mamlakatda turli xil rusumdagi 1965 dona avtomobil işlab çiqarilgan.

















