12:04 / 25.03.2021
334
Shahrixonda aliment to‘lamagan ota 15 sutkaga qamaldi
Foto: Illyustrativ

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘z tumanlararo sudining 1 ijro hujjatiga asosan qarzdor X.R hisobidan undiruvchi S.O foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun oylik topgan daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Bu haqda MIB Andijon viloyati boshqarmasi xabar bermoqda.

Qarzdor X.R alimentdan bo‘lgan qarzdorligini ixtiyoriy to‘lab qo‘yishligi to‘g‘risida bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minotini o‘z holiga tashlab qo‘yishi natijasida 12.423.983 so‘m miqdordagi qarzdorlikni keltirib chiqardi. 

Qarzdor X.Rning yuqoridagi g‘ayriqonuniy harakatlari Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrixon tuman sudida ko‘rib chiqilib, unga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlashiga sabab bo‘ldi.

Avvalroq, Jalaquduqda ota oldindan farzandi uchun 60 mln so‘m aliment puli to‘lab qo‘yganligi haqida xabar bergan edik.

Top