O‘zbekiston | 07:56 / 20.02.2024
10999
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan chetga chiqishi vaqtincha cheklangan fuqarolar soni aytildi 

O‘zbekistonda 2023 yilda 143 ming nafarga yaqin fuqaroning chetga chiqishi taqiqlangan.

2023 yilda sud hujjatlariga asosan jami 142 800 nafardan ortiq (shundan 51 mingga yaqin aliment to‘lovchi) qarzdorlarning respublikadan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Shuningdek 2024 yil o‘tgan davrida 22 ming fuqaroning chet elga chiqishi sud qarorlariga asosan cheklanib, ularning 6 817 nafarini aliment to‘lovchilar tashkil etgan. 

2023 yilda MIB organlari tomonidan jami 40,2 trillion so‘m, shu jumladan, davlat foydasiga 17 trillion so‘m mablag‘lar undirilgan. Amalda umumiy undiruv ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,4 trillion so‘mga (35 foiz) o‘sdi. 

Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan — “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari” bilan bog‘liq jamg‘armalariga 936,4 milliard so‘m yoki o‘tgan mos davrga nisbatan 357,8 milliard so‘m (62 foiz) ko‘p mablag‘ yo‘naltirilgan. 

Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga jami 2 trillion so‘m aliment pullari undirilib, bu ko‘rsatkich oldingi davrga nisbatan 664,6 milliard (49 foiz) so‘mga oshgan.

Mavzuga oid