15:21 / 26.03.2021
4870
“Bolamni berib qo‘yamanmi...” – onalar qalbida oqqon dahshati

Har safar Gematologiya shifoxonasiga borar ekanmiz bemorlar kam bo‘lishini tilab yo‘lga tushamiz. Afsuski, har gal bu umid puchga chiqadi: bemorlar juda ko‘p va aksariyati norasida bolalar. Ular ko‘pincha o‘zlari chalingan bu xastalik haqida ko‘p narsa bilishmaydi. Xasta farzandini parvarishlayotgan onalarning fig‘oni esa falakka o‘rlaydi.

“Bolam ota mehriniyam ko‘rmadi”

“Shu yergacha bunday tashxis qo‘yishmasin deb keldim. Lekin oqqon deb tashxis qo‘yishdi. Bolam ota mehriniyam ko‘rmadi. Turmush o‘rtog‘im xorijga ishlagani ketganida hali tug‘ilmagan edi. Kelishiga bu kasalga chalinib, kunimiz shifoxonalarda o‘tyapti”,- deydi Shahbozbekning onasi. Oila farzandi sog‘ayib ketishi uchun hamma imkoniyatini ishga solib bo‘lgan. Ular uchun savobtalab insonlar ko‘magi zarur bo‘lib turibdi.

Shahbozbek Ismoilovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600041781974614 otasi G‘ayrat Xudoyberdiyev nomida

Sberbank: 5336690068296120 qarindoshi O‘tkir G‘aniyev nomida

Telefon: + 998900132587 (otasi)

 “Shunday bolamni berib qo‘yamanmi, deb qo‘rqaman...”

Oqqonga chalingan Arjunbek bu shifoxonaga og‘ir ahvolda kelgan. Bir yildan beri kasallik iskanjasida qiynaladi. Onasi Xursandtosh doim farzandining yonida. Chunki bemorning otasi uni davolatish uchun ikki yildan beri Rossiya davlatida ishlaydi. Lekin dori-darmonlar qimmatligi sabab uning yuborgani ham yetmayapti.

Arjun Ochilovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 1269 8431 bobosi Ochil Avlokulov nomida

Sberbank: 4276 5500 8352 2337 amakisi Bunyod Ro‘ziqulov nomida

Viza: 4187 8000 0043 7723 onasi Xursandtosh Tohirova nomida

Telefon: +998900441735 (onasi)

10 yoshli Shaydo operatsiyaga muhtoj

Oqqonning og‘ir turiga chalingan Shaydo uchun ilik ko‘chirish operatsiyasigina yordam berishi mumkin. Hozircha faqat xorijda o‘tkaziladigan bu amaliyot uchun katta mablag‘ zarur. Onasi Gavhar O‘roqovaning aytishicha, qizidagi bu kasallik qattiq qo‘rquv oqibatida yuzaga kelgan: “Soppa-sog‘ yurgan bolam bu ahvolga qanday tushib qoldi - bilmayman. Borimizni sotdik. Qarindoshlar ham yordam berishdi. Lekin juda ko‘p mablag‘ kerak ekan. Moddiy tarafdan imkonimiz yetmayapti”.

Shaydo Abdurahmonovaga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0423 8549 8117 buvisi Gulchehra Ochilova nomida

Xalq banki: 8600 0609 9976 4187 onasi Gavhar O‘roqova nomida

Telefon: +998994116770 (otasi)

Iymonjonning sog‘ayishi uchun yordam kerak

Biyron tilli Iymonjon bilan gaplashgan sari uni beg‘uborligidan bahra oladi. Lekin zolim dard bu bolakayga o‘z changalini solgan. Samarqanddan Toshkentga kelib davolanish, ijarada yashash oila a'zolari uchun moddiy qiyinchilik tug‘dirgan. Iymonjonga ham ilik ko‘chirish amaliyoti yordam beradi. Shifokorlarning aytishicha, bu oxirgi chora hisoblanadi. Mushkul vaziyatda qolgan oila saxovatli insonlar madadidan umidvor.

Iymonjon Mamirovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 1170 6292 onasi Iroda Sattorova nomida

Sberbank: 4276 4000 4399 2479 tog‘asi Ilhom Hayitqulov nomida

Viza: 4187 8000 0021 3439 onasi Iroda Sattorova nomida

Telefon: +998995262238 (onasi)

Dard bilan kurashayotgan bolalar va ularning yaqinlariga nechog‘lik mushkulligini his qilishning o‘zi og‘ir. Buni o‘zida his qilgan va sinovlarda ularga yordam qo‘lini cho‘zgan inson ikki dunyo saodatiga erishgusidir!

Gulmira Toshniyozova tayyorladi,
tasvirchi Mirvohid Mirrahimov.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top