11:30 / 28.03.2021
29235
Qatarda me'morchilikning aylanuvchi mo‘jizasi – Eco-Floating Hotel

Qatarda ambitsiya olamjahon bo‘lgan loyihani amalga oshirishga kirishishdi – suzib yuruvchi va aylanuvchi Eco-Floating Hotel sohilbo‘yining haqiqiy bezagi bo‘lishi kutilmoqda.

Qatar shiddatli ravishda va ishonch bilan sayyoramizning asosiy sayyohlik obektlari safiga qo‘shilib bormoqda. Pilotsiz boshqariladigan eng zamonaviy va eng uzun metro (163 km) mamlakat poytaxti Dohada barpo etilmoqda va 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati boshlangunga qadar tayyor bo‘ladi.

Qatar mo‘jizasi deb ta'riflanayotgan kelajak shahri Lusayl qurilishi tugallanishga yaqin va butun dunyodan millionlab sayyohlarni qabul qilishga tayyor. Qatarning yangi milliy muzeyi qurildi va jahonga taniqli fransuz me'mori Jak Nuvel loyihasi asosida qurilgan inshoot me'morchilik durdonasi deb tan olindi.

Poytaxt Dohadagi Hamad xalqaro aeroporti nisbatan yaqin tarix – 2014 yilda ochilgan bo‘lishiga qaramasdan, tezda 5 yulduzli aeroport maqomiga ega bo‘ldi va dunyoning ko‘plab havo portlarini barcha jabhalarda quvib o‘tyapti.

Sayyohlarni hayratlantiruvchi boshqa narsa qolmagandek edi go‘yo. Yo‘q – Qatarda yana bir g‘aroyib loyiha bo‘lmish Eco-Floating Hotel aylanuvchi mehmonxonani barpo etishmoqda.

Aylanuvchi ekologik mo‘jiza

Dunyoning bo‘lajak durdonasi mualliflari HAADS studiyasi xodimlari. Ekologik suzib yuruvchi mehmonxonaning umumiy maydoni 35 000 kvadrat metr bo‘lib, 152 nomerdan iborat bo‘ladi. Inshoot tez aylanmaydi – unda yashovchilarning boshi aylanib ketishi mumkin. Otelning to‘liq aylanishiga 24 soat ketadi.

Loyihachilar quyosh, shamol va yomg‘ir samarali energiyasidan foydalanishni va'da berishmoqda. Eco-Floating Hotel’ning shakli  sirti ko‘katlar bilan bezalgan yirik shishali kulchaga (ponchik) o‘xshaydi. Unikal mehmonxona ziyoratchilarni ichki sharshara va boshqa g‘aroyib funksiyalar bilan xursand qiladi.

Barcha ishlar rejadagidek ketsa, qurilish 2025 yildan ertaroq tugashi ham mumkin.

Top