23:45 / 01.04.2021
3675
Myanmalik harbiylar provayderlardan internetni o‘chirishni talab qilishdi
Foto: Reuters

Myanmalik harbiylar internet-provayderlardan mamlakatda keng polosali simsiz aloqani o‘chirishni talab qilishdi. Bu haqda Myanma telekommunikatsiya operatorlariga tayanib Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Harbiylarning provayderlarga yo‘llagan maktubida ulardan qonunga muvofiq ushbu ko‘rsatmani bajarish talab qilingan. Biroq bu talabning aniq sababi tushuntirilmagan.

Myanmalik harbiylar 1 fevralda mamlakat rahbariyatini hokimiyatdan chetlatib, respublikada bir yilga favqulodda holat kiritilishini e'lon qilishgandi. Armiya vakillari buni mamlakatda 2020 yil noyabrda o‘tgan saylovlarda katta ko‘lamli soxtalashtirishlarga yo‘l qo‘yilgani bilan tushuntirishgan. Mamlakat aholisi shundan beri harbiylarga qarshi namoyishlar uyushtirmoqda. Bu norozilik namoyishlari xavfsizlik kuchlari tomonidan keskin tarzda bostirilmoqda.

Mavzu
Myanmada harbiylar isyoni
1 fevral kuni Myanmada harbiylar mamlakatning amaldagi rahbari Aung San Suu Kyini hibsga olib, hokimiyat armiya bosh qo‘mondoni Min Auing Hlaingga o‘tganini, bir yil davomida favqulodda holat rejimi amalda bo‘lishini e'lon qilishdi.
Barchasi
Top