Koronavirus pandemiyasi vaqtida AQŞdagi katta şaharlar aholisining bir qismi (ba’zilari vaqtinça, ba’zilari doimiy tarzda) tabiatga yaqin çekkaroq joylarga köçib ketişdi. Natijada bunday kiçik manzillarda uy-joyga talab oşib, infratuzilma tezlik bilan rivojlanib ketdi. Masalan, Oklahomadagi Xoçataun sayyohlar e’tiboriga tuşib, kutilmaganda gavjum maskanga aylandi. Bunda Airbnb ilovasining ham xizmatlari katta böldi.

Foto: Hotels.com

Xoçataun Oklahoma ştati janubi-şarqidagi Broken-Bou köli sohilida joylaşgan. Şahar aholisi haftaning qaysi kuni ekaniga qarab 50 ming kişidan 200 ming kişigaça yetadi. Texasdagi yirik megapolis Dallasdan bu yergaça uç soatlik yöl. Şu sabab köplab dallasliklar şahar şovqinidan qoçib dam oliş kunlari Xoçataunga kelişadi-da, qayiqda suzişadi, baliq ovlaşadi, örmonlar va şarşaralar böylab sayohat qilişadi.

Arxeologlar çaqmoqtoşli nayzalar va öq izlariga qarab, bu yerda odamlar eramizdan 6000 yil avval ham yaşagan degan xulosaga kelişgan. Keyinçalik bu hududdan mahalliy kaddo qabilasi avlodlari ov qiladigan joy sifatida foydalangan. 1883 yilda esa Amerika hukumati tomonidan majburan köçirib yuborilgan çokto qabilasi vakillari joylaşgan.

Xoçataundagi maktab öquvçilari. 1930 yil \ Foto: Oklahoma Historical Society

XIX asr oxiri – XX asr boşlarida hududni yoğoç işlab çiqaruvçilar egallaydi. AQŞda mast qiluvçi içimliklar işlab çiqarişni taqiqlagan «quruq qonun» amal qilgan vaqtlarda esa bu yerlarda qölbola vino tayyorlaşgan. Mahalliy tadbirkorlar hududni Xoçataun deb ataşgan. Ammo bu nom rasman qayd etilmagan.

1960-yillarda Xoçataun aholisi 100 kişidan kam bölgan. Köpçilik mahalliy aholi vakillari töğon qurilişi sabab köçib ketadi, şaharçaning köp qismini suv bosib ham ketadi. Oqibatda hududdagi poçta bölimlari yopilib, Xoçataun poçta indeksidan mahrum bölib, hatto xaritadan ham öçib ketadi. 2020 yil Xoçataunda 400 ta uy qolgan va ular Airbnb mehmonxona qidiruv ilovasi orqali sayyohlarga ijaraga berilgandi.

Broken-Bou köli böyidagi uy \ Foto: Investment Fertilizer / Shutterstock.com