09:59 / 02.04.2021
9436
Toshkentda «Gumbaz» – qurilish materiallari bozori ochildi

«Gumbaz» – istalgan turdagi qurilish materiallarini topishingiz mumkin bo‘lgan yangi avlod qurilish materiallari bozoridir. Bozor xaridorlarga «Cobalt» avtomashinasini va'da qilmoqda.

31 mart kuni Toshkentda «Gumbaz» qurilish materiallari bozori ochildi.

Bozor 3 gektar hududda joylashgan bo‘lib, 300 ta savdo do‘koni va 700ta avtomashina sig‘imiga ega avtoturargohni o‘z ichiga oladi.

Qulay navigatsiya tizimi har bir xaridorga istalgan do‘konni qulay topib olishga imkon yaratadi.

Bozor menejyerlarining so‘zlariga ko‘ra, «Gumbaz»da O‘zbekistondagi boshqa qurilish bozorlaridan farqli ravishda savdo masalalarida tadbirkorlarga yordam berish va marketing xizmatlarini ko‘rsatish professional menejyerlar ko‘magida amalga oshiriladi. 

 «Bozorimizda har bir masalaga innovatsion yechim bilan yondashilgan. Har bir mahsulotning turiga qarab bozor bir nechta bo‘limlarga ajratilgan. Yo‘naltiruvchi belgilar yordamida xaridorlar o‘ziga kerakli mahsulotni topa oladi. Yoshi katta, nogiron yoki yurishga qiynaladigan mijozlarimiz uchun golf cart’larimiz qo‘yilgan bo‘lib, ular avtoturargohdan to do‘kon eshigigacha xaridorni olib borib qo‘yadi. Shuningdek, ortib-tushirish uchun maxsus transportlar ham mijozlar uchun xizmat ko‘rsatadi. Xaridorlarimiz wi-fi’dan bemalol foydalanishlari mumkin. Do‘konlarimizda isitish va sovitish tizimlari mavjud. Uni O‘zbekiston qurilish bozorlari ichida yangi avlod desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zbekistondagi boshqa qurilish bozorlaridagi noqulayliklar, mijozlarning harakatlanishida qiyinchilik yuzaga kelayotgani kabi muammolarni o‘rganib chiqdik va yangi avlod qurilish bozorini qurishga qaror qildik», — deydi «Gumbaz» bozori menejyeri Otabek Muxanov.

«Gumbaz» bozori xaridorlarni jalb qilish maqsadida aksiyalar e'lon qilgan. Bozor ijarachi hamkorlarga 3—6 oyga ijara to‘lov uchun chegirmalar taqdim etmoqda. Xaridorlar uchun  «Gumbaz» sovg‘aga «Cobalt» avtomashinasini qo‘ygan. Bozorga kelib ma'lum bir miqdorda — 1-2 million so‘m atrofida xarid qilgan mijozlar aksiyada qatnasha oladi, yutgan xaridor «Cobalt» egasi bo‘lishi mumkin.

«Gumbaz» bozoriga tashrif buyurmoqchi va kerakli qurilish materiallarini sotib olmoqchi bo‘lgan xaridorlar uchun:

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Ohanrabo ko‘chasi 7.

Ma'lumot uchun:

+99897 267 77 77

+99897 147 00 81

Elektron pochta manzili: gumbazstroy@gmail.com

Veb-sayt: www.gumbaz.uz

Instagram: @gumbaz.uz

Facebook: fb.com/gumbaz.uz/

Telegram: t.me/Gumbaz

Reklama huquqi asosida

Top