19:40 / 07.04.2021
1776
Mozambik prezidenti Palma shahri terrorchilardan ozod etilganini e'lon qildi

24 mart kuni bir guruh jangarilar Palma shahriga hujum qilib, uni egallab olishgandi. Shaharni ozod qilish operatsiyasi 28 mart kuni boshlandi.

Foto: AP Photo / John Bompengo

Mozambik qurolli kuchlari terrorchilarni mag‘lub etdi va ularni Palma shahridan quvib chiqardi. Bu haqda Mozambik prezidenti Filipe Nyusi televideniye orqali chiqishida ma'lum qildi.

«Terrorchilar Palmadan quvildi, ammo to‘liq g‘alaba haqida e'lon qilmaymiz, chunki terrorizm bilan kurash olib borayotganimizni tushunamiz», – dedi u.

 Filipe Nyusi mozambikliklarni ekstremistlarga qarshi birlashishga chaqirdi.

«Hech qanday g‘alabaga qurolli kuchlar va aholi orasidagi to‘liq ishonch va hamkorliksiz erishib bo‘lmaydi», – deb ta'kidladi u.

24 mart kuni bir guruh jangarilar Palma shahriga hujum qilib, uni egallab olishgandi. Shaharni ozod qilish operatsiyasi 28 mart kuni boshlandi. Hukumat kuchlari 31 mart kuni shaharning asosiy mavzelari ustidan nazorat o‘rnatdi. 

 Palma Mozambik uchun muhim ahamiyatga ega, chunki shahardan 10 kilometr narida Fransiyaning Total guruhi tabiiy gazni qayta ishlash va suyultirish majmuasini qurmoqda. Majmua 2024 yilda qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.

Top