Hind okeanining janubi-g‘arbida yuzaga kelgan «Ana» tropik shtormi 22 yanvar kuni Afrikaning sharqiy qirg‘oqlariga yetib bordi. Kuchli shamol va suv toshqinlari Madagaskar, Mozambik va Malavidagi minglab uylarni vayron qilgan, kamida 86 kishi halok bo‘lgan, yuz minglab kishilar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lishgan — ular elektrsiz boshpanalarda jon saqlashmoqda. Meteoxizmatlar yaqin kunlarda Hind okeanida yana bir shtorm paydo bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda.

«Ana» shtormi oqibatida Madagaskarda kamida 48 kishi halok bo‘lgan. Yana 110 ming kishi suv toshqinlari tufayli yashash manzillarini tark etishiga to‘g‘ri kelgan. Fotoda — suv ostida qolgan Ankasina tumanida yashovchilar orol davlat poytaxti — Antananarivuga qo‘lda yasalgan qayiqlarda yetib olishga urinmoqda. 2022 yil 28 yanvar.

Madagaskar poytaxti Antananarivudagi suv toshqini. Shahar dengiz sathidan 1240-1470 metr balandlikdagi Yuqori platoda joylashgan. 2022 yil 23 yanvar.

Malavida «Ana» po‘rtanasi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan. Hukumat favqulodda holat rejimini e’lon qilgan. Mamlakatning katta qismi hamon elektr ta’minotisiz qolgan. Qutqaruvchilar daryolar o‘zandan chiqqani, yo‘llar yuvilib ketgani va ko‘priklar qulagani tufayli ko‘plab qishloqlarga yetib bora olishmayapti. 2022 yil 27 va 28 yanvar kunlari.
















