11:19 / 13.04.2021
549
Navoiyda o‘tgan yil mehnat jarayonlarida 94 kishi jarohatlangan, 11 kishi vafot etgan
Foto: IIB axborot xizmati

Navoiy viloyatida 2020 yil yilda mehnat jarayonlari davomida 92 ta holatda 94 kishi jarohatlangan, 11 kishi vafot etgan. Joriy yil uch oyda esa 27 kishi og‘ir tan jarohatlari olgan, 5 kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Navoiyda viloyat prokuraturasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida mehnat xavfsizligi bo‘yicha korxona tashkilot rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda o‘tgan yil va joriy yilning 3 oyi mobaynida mehnat jarayonida sodir bo‘lgan

Qayd etilishicha, 2020 yilda viloyat bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi qoidalarini buzish bilan bog‘liq 92 ta holatda 94 nafar ishchi-xodim jabrlanib, 11 nafari vafot etgan. Ulardan 82 nafari hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati olgan va 1 nafari yengil jarohatlangan.

Joriy yilning 3 oyida esa 30 ta holatda 32 nafar ishchi xodim jabrlangan. Ularning 5 nafari vafot etgan va 27 nafari og‘ir tan jarohati olgan.

Ro‘y bergan baxsiz hodisalarning kelib chiqish sabablari tahlil qilinganda:

  • 6 ta holatda shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanmagan;
  • 10 ta holatda xodimlarning shaxsiy himoya vositasidan foydalanishi ustidan nazorat qilinmagan;
  • 8 ta holatda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmasdan mehnatga jalb qilingan;
  • 46 ta holatda xodimlar mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitilmagan;
  • 67 ta holatda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘z vaqtida o‘tkazilmagan;
  • 14 ta holatda qurilish me'yori qoidalariga rioya etilmagan;
  • 7 ta holatda sanoat xavfsizligi qoidalari buzilgan;
  • 50 ta hodisa boshqa sabablar bilan ro‘y bergan.

Ta'kidlanishicha, jami 208 ta holatda mehnatni muhofaza qilish qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan.

Ta'kidlanishicha, tadbir davomida korxona rahbarlariga ogohlantirishlar berilgan.

Top