Navoiy viloyatida joriy yilning 1-çoragi davomida jinoyat işlari böyiça sudlar tomonidan körilgan işlar tahlil qilinganda, qasddan badanga şikast yetkaziş 22,2 foizga; giyohvand vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravişda muomala qiliş 5 foizga; poraxörlik esa 23,6 foizga oşganligi ma'lum böldi.
Navoiy viloyat sudlari tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida ta'kidlanişiça, 2021 yilning ötgan 3 oyi davomida jinoyat işlari böyiça Navoiy viloyat va tuman (şahar) sudlari tomonidan 299 nafar şaxsga nisbatan 224 ta jinoyat işi körib çiqilgan. 220 nafar şaxsga nisbatan 152 ta jinoyat işi böyiça hukm çiqarilgan bölsa, 71 tasi tugatilgan.
Mazkur davrda 214 nafar şaxs sudlangan bölib, ularning 25 nafariga jarima, 2 nafariga majburiy jamoat işlari, 60 nafariga axloq tuzatiş işlari, 76 nafariga ozodlikni çeklaş va 51 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlangan.

Sudlar tomonidan körilgan işlardan qasddan odam öldiriş 66,6 foizga; transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş 31,5 foizga; bosqinçilik 50 foizga; odam savdosi 100 foizga; öğirlik 22,2 foizga kamaygan. Şuningdek, 1-çorakda 22 nafar ayolga nisbatan 21 ta, 117 nafar yoşga nisbatan 94 ta jinoyat işi körilgan.
Matbuot anjumanida mazkur davrda Navoiy viloyat iqtisodiy sudlari tomonidan 584 ta iş körilib, qariyb 44 milliard söm miqdoridagi qarz va yetkazilgan moddiy zararlarni da'vogarlar foydasiga undiriş haqida qarorlar qabul qilinganligi ham aytib ötildi.

Uşbu davrda viloyatdagi ma'muriy sudlar tomonidan 187 ta, fuqarolik işlari böyiça Navoiy viloyat sudlari tomonidan esa 3 125 ta sud işlari körib çiqilgan.











