12:00 / 14.04.2021
1440
Euroasia Insurance sug‘urta kompaniyasi «barqaror» istiqbol bilan «B2» reytingini oldi

Moody’s Investors Service xalqaro reyting agentligi ilk bor Euroasia Insurance sug‘urta kompaniyasiga milliy va xorijiy valutada «B2» darajasidagi sug‘urta moliyaviy barqarorlik reytingini (insurance financial strength rating (IFSR)) berdi.

Euroasia Insurance – O‘zbekistonning uncha katta bo‘lmagan, ammo tez o‘sib borayotgan sug‘urta bozoridagi beshinchi yirik kompaniya. Ushbu kompaniya tomonidan mulk, transport, kredit xatarlarini sug‘urtalash hamda boshqa tijorat va chakana sug‘urta mahsulotlari amalga oshiriladi.

Ta'kidlash joizki, Euroasia Insurance sug‘urta kompaniyasi O‘zbekistondagi «barqaror» prognozi bilan «B2» reytingi berilgan birinchi xususiy sug‘urta kompaniyasi hisoblanadi.

«B2» reytingi «barqaror» prognozi kompaniyaning bozordagi kuchli pozitsiyasini va brendini aks ettiradi. Moody’s agentligi, Euroasia Insurance kompaniyasining yaxshi rentabellikni saqlab qolishini va kompaniyaning kapitallashuvi bosqichma-bosqich yaxshilanishini, aktivlarning sifati esa umuman barqaror bo‘lib qolishini kutmoqda. Shuningdek, Euroasia Insurance kompaniyasiga ushbu reytingni berishda ekologik, ijtimoiy va boshqaruv jihatlari (ESG) bilan bog‘liq xatarlarni tahlil qilish doirasidagi korporativ boshqaruv sifati ham hisobga olingan.

Reklama huquqi asosida

Top