18:29 / 14.04.2021
2841
YeI AstraZeneca va Johnson & Johnson bilan shartnomalarini uzaytirmasligi ma'lum qilindi

Yevroittifoq Pfizer va Moderna kompaniyalari vaksinalarini sotib olishga e'tibor qaratadi.

Foto: Reuters

Amaldagi shartnomalar yakuniga yetganidan so‘ng YeI AstraZeneca va Johnson & Johnson kompaniyalari vaksinalarini sotib olmaydi. Yevropa komissiyasi ana shunday qarorga keldi, deb xabar berdi Reuters.

Qayd etilishicha, Yevrokomissiya YeI mamlakatlari rahbarlari bilan kelishgan holda yuqoridagi kompaniyalar bilan shartnomalarni uzaytirmaslikka qaror qilgan.

Shu bilan birga, Bryussel Pfizer va Moderna kompaniyalari vaksinalarini sotib olishga e'tibor qaratadi.

Avvalroq AstraZeneca vaksinasi bilan emlangandan so‘ng tromboz hosil bo‘lishi holatlari qayd etilgandi.

Top