Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi gaz omborlari qişki isitiş mavsumining tugaş sanasi bölgan 31 mart holatiga köra, 58 foizdan köproqqa tölgan, bu «kuzatişlar tarixidagi» rekord körsatkiçdir. Bu haqda YeIning energetika böyiça komissari Kadri Simsonning 12 aprel, juma kuni Yevropa Ittifoqi rasmiy saytida çop etilgan bayonotida aytiladi.
«Yevropa Rossiyaning Ukrainaga noqonuniy hujumi ortidan ikkinçi qişdan çiqmoqda. Köp taşvişlarga qaramay, biz avvalgidan ham kuçliroqmiz, energiya xavfsizligi va birdamligi hamda toza energiya balansi bilan», - deb yozgan komissar. U bunday yuqori saqlaş darajasi nafaqat energiya ta’minotini muvaffaqiyatli diversifikatsiya qiliş, balki «fuqarolar va korxonalarning gazga bölgan talabni kamaytirişga qaratilgan sa’y-harakatlar, şuningdek, qayta tiklanadigan energiyaga investitsiyalarning natijasi» ekaniga aniqlik kiritdi.
Kadri Simson Yevropa Ittifoqi fuqarolari va sanoatni «ukrainalik döstlarni» qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga çaqirdi. «Yevropaning energiya xavfsizligi va raqobatbardoşligini ta’minlaş, narxlarni pasaytiriş va toza energiyaga ötişni rağbatlantiriş ustuvor vazifalar bölib qolmoqda», — deyiladi bayonotda. Simson narxlar «uruşdan oldingi darajaga» qaytganini tasdiqladi va «Yevropa kelgusi qişki isitiş mavsumi uçun gaz ta’minotini işonç bilan töldirişni boşlaşi mumkin», dedi. Şu bilan birga, u Yevropa Ittifoqining energetika inqirozini yengiş qobiliyati ğururlanişga arzirli ekanligini ta’kidladi.
REPowerEU maqsadlari va natijalari
Yevropaning Rossiyada qazib olinadigan yonilğiga qaramligini tugatiş uçun möljallangan REPowerEU rejasi Yevropa komissiyasi tomonidan 2022 yilning mart oyida, Rossiyaning Ukrainaga töliq miqyosli hujumidan söng darhol taklif qilingan edi. 2022 yil davomida energiya sohasida bir qator favqulodda qonunçilik çoralari qöllandi, ular Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan birgalikda amalga oşirildi.
REPowerEU rejasi qabul qilingandan söng, Rossiya gazining Yevropaga import uluşi 2021 yildagi 45 foizdan 2022 yilda 24 foizga, 2023 yilda esa 15 foizga kamaydi. Yevropaliklar sönggi 18 oy içida gazga bölgan talabni qariyb 20 foizga kamaytirib, 107 milliard kub metrdan köproq gaz tejab qoldi. 2022 va 2023 yillarda energiya balansida qayta tiklanuvçi energiya manbalari uluşining ortişi 24 milliard kub metr rus gazini almaştiriş imkonini berdi. «Natijada, 2023 yilda energetika sektoridan taşlamalar deyarli çorak qismga qisqardi, şu bilan birga, iqtisodiyot ösişda davom etdi», deyiladi Kadri Simson bayonotida.













