07:47 / 15.04.2021
1802
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 
Foto: KUN.UZ

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyatida ertalab ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20-25 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 21-23 daraja issiqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Top