23:54 / 15.04.2021
19694
Pentagon AQSh kemalari nima uchun Qora dengizga kirmaganiga izoh berdi

Avvalroq AQShning Qora dengizga yo‘l olgan ikki esminetsi Rossiya va AQSh prezidentlarining telefon orqali suhbatidan so‘ng yo‘nalishini o‘zgartirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Pentagon AQSh kemalari Qora dengizga kirmagani sababini Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yomonlashtirmaslik  maqsadi bilan izohladi. Bu haqda Politico nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, Qora dengizga yo‘l olgan «Donald Kuk» va «Ruzvelt» esminetslari «vaziyatni keskinlashtirmaslik uchun» yo‘nalishini o‘zgartirgan.

Nashr manbalaridan birining so‘zlariga ko‘ra, umuman olganda, kemalar texnik xizmat yoki tezkor rejalar o‘zgarishi tufayli yo‘nalishlarini tez-tez o‘zgartirib turadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu holatda «jumladan, murakkab vaqtda Moskvaga nisbatan provokatsiya qilmaslik xohishi» kemalar yo‘nalishi o‘zgarishiga sabab bo‘lgan.

 Avvalroq AQShning Qora dengizga yo‘l olgan «Donald Kuk» va «Ruzvelt» esminetslari Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning telefon orqali suhbatidan so‘ng yo‘nalishini o‘zgartirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Xabarda aytilishicha, ikki davlat rahbarlari muloqotidan so‘ng Amerika kemalari Krit oroliga kirgan va AQSh harbiy-dengiz kuchlari moddiy-texnik ta'minot punktida bir kun turgan. 14 aprel kuni kechqurun esa kemalar orolni tark etgan, ularning yo‘nalishi hozircha aniq emas.

Mavzu
Ukraina mojarosi
2020 yil mart oyi oxirida ukrainalik harbiylar Donbassdan berilgan artilleriya zarbalari qurboni bo‘ldi. Aprel oyi boshida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shinlarini to‘play boshladi.
Barchasi
Top