21:02 / 19.04.2021
4542
Isroilda niqob taqish majburiyati bekor qilindi

Aholisini koronavirusdan emlash bo‘yicha jahon yetakchisi bo‘lib turgan Isroilda ko‘chada niqob taqib yurish talabi bekor qilindi.

Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus yuqtirish darajasining pasayishi sababli majburiy tarzda ko‘chada niqob taqish amaliyotini bekor qildi.

«Butun mamlakat bo‘yicha statistik ma'lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, kasallanish darajasining davomiy pasayishi sababli 2021 yil 18 apreldan boshlab ko‘chada niqob taqmaslikka ruxsat beriladi», – deyilgan vazirlik bayonotida.

O‘quv maskanlari ham to‘la an'anaviy ta'limga qaytmoqda. Shu bilan birga, fuqarolarga ochiq havodagi ommaviy yig‘ilishlar paytida himoya niqoblarini taqishni davom ettirishni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, yopiq binolarda niqob taqish majburiyligicha qolmoqda.

Yanvar oyida mamlakatda kasallik yuqtirganlar soni kunlik 10 ming kishini tashkil etgan, hozirda esa bu ko‘rsatkich kuniga 200 taga kamaygan.

Isroil – aholini emlash bo‘yicha dunyo yetakchisi. Mamlakatning 16 yoshdan oshgan aholisining 70 foizidan ortig‘i immunizatsiya qilingan. Hukumat 23 maydan boshlab Sovid-19'ga qarshi emlangan chet ellik sayyohlar guruhlarini qabul qilishni boshlash dasturini ishlab chiqmoqda.

Top