Isroil politsiyasi ma’lumotiga köra, zobitga hujum qilgan 34 yoşli turkiyalik Hasan Saklanan bölgan. U Isroilga bir kun oldin Iordaniya orqali sayyoh sifatida kelgan. U politsiyaga hujum qiliş uçun piçoqni Isroil hududida sotib olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda turkiyalik şaxs özidan oldinda ketayotgan ikki nafar zobitni bir muddat kuzatgani, keyin ulardan biriga piçoq bilan hujum qilgani aks etgan. U çegara politsiyasi zobitining boşiga piçoq bilan zarba berişga urinadi, ammo zobitning böyi balandligi sabab buni uddalay olmaydi.

Ikkinçi politsiyaçi esa erkakni töxtatişga urinib, uni yerga yiqitadi. Olişuv davomida politsiyaçilardan biri avvaliga uning peşonasidan otadi, keyin ikkinçi politsiyaçi avtomatda erkakka qarata yana bir neçta öq uzadi.

Isroil politsiyasi axborotiga köra, piçoqlangan politsiya zobiti örta darajada jarohat olgan. Turkiyalik esa voqea joyida halok bölgan. Yaralangan 30 yoşli zobit tanasining yuqori qismidan bir neçta jarohat oladi. Politsiya e’lon qilgan suratda turkiyalik işlatgan qurol – oddiy oşxona piçoği bölganini köriş mumkin.

Uşbu voqeadan keyin Aqso masjidi joylaşgan Haram aş-Şarif maydoni yopib qöyilgan. Voqea hududda Isroil politsiyasi patruli tekşiruv boşlaganda sodir bölgan. Hodisadan keyin u yerga juda köp sonli politsiyaçilar, xususan, Quddusdagi Isroil politsiyasi rahbari general Doron Turjyeman ham yetib borgan.

OAVga köra, Quddusdagi bu voqea sodir bölgan vaqtda Isroilning Samariya şahri Barta qişloğida ham noma’lum şaxs Isroil çegara patruli zobitlariga hujum qilişga uringan. Aniqlik kiritilişiça, falastinlik yigit öğirlangan maşinani isroillik politsiyaçilar ustiga haydaşga harakat qilgan, lekin uni ulovga öt oçib töxtatib qolişgan. Voqea oqibatida bir kişi jabrlangan.