09:54 / 29.04.2021
5472
Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning qarori bilan Jo‘rabek To‘rayev viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Jo‘rabek To‘rayev 1984 yil Boysun tumanida tug‘ilgan. 2009 yil Termiz davlat universitetini, 2020 yil prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – iqtisodchi.

U faoliyati davomida Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi Bandlik, aholi turmush darajasi va iste'mol bozori bo‘limi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot bosh boshqarmasi Sanoat, kommunikatsiya tizimlari va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati hokimligi Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha majmuasi referenti, Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari birinchi toifali mutaxassisi, Surxondaryo viloyati hokimi yordamchisi, Surxondaryo viloyati hokimligi ishlar boshqarmasi bosh mutaxassisi — qabulxona mudiri vazifalarida ishlagan. 

Shuningdek, “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi Surxondaryo viloyat “Oziqovqatta'minot” hududiy filiali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini g‘amlash va saqlash bo‘limi boshlig‘i, bosh hisobchisi, Termiz shahar hokimligi iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armasi ijrochi direktori, Surxondaryo viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari - viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarma boshlig‘i kotibiyati mudiri lavozimlarini egallagan.

J.To‘rayev yangi vazifaga tayinlangunga qadar viloyat hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Top