18:15 / 04.05.2021
3536
Qonunchilik palatasi spikeriga yana bir o‘rinbosar saylandi

2021 yil 4 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar dastlab Qonunchilik palatasi vakolatiga taalluqli masalani ko‘rib chiqdi

Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari lavozimiga Xayrullo G‘afforov ko‘pchilikning ovozi bilan saylangan.

Xayrullo G‘afforov Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a'zosi hisoblanadi.

Bundan avvalroq Zuhra Ibrohimova Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari etib saylangani xabar qilingandi.

Top