Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zuhra Ibrohimova Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari etib saylandi
2021 yil 4 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar dastlab Qonunchilik palatasi vakolatiga taalluqli masalani ko‘rib chiqdi.
Majlisda xalq vakillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqdilar.
Parlament xabariga ko‘ra, ushbu lavozimga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Zuhra Ibrohimovaning nomzodi qo‘yildi.
Qayd etilishicha, Zuhra Ibrohimova ko‘pchilikning ovozi bilan spiker o‘rinbosari, “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari lavozimiga saylandi.
Z.Ibrohimova 1965 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan, mutaxassisligi - pediatr shifokori.
Mavzuga oid
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
11:57 / 17.05.2026
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
11:42 / 18.03.2026
O‘zi sodir etgan huquqbuzarlikni internetga tarqatganlik uchun javobgarlik kiritilmoqda
18:21 / 18.02.2026