21:20 / 08.05.2021
12912
Putin Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasi mustahkamlanishini aytdi

Tojikiston prezidenti mamlakat Afg‘oniston bilan eng uzun chegaralardan biriga egaligini qayd etdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvi chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashgani sababli Rossiya Dushanbeni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

«Hozirda mintaqada xavfsizlik masalasi birinchi raqamli masala. AQShning o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi to‘g‘risidagi bayonoti e'lon qilinishi bilan — amalda ular qo‘shinlarining yarmidan ko‘pini olib chiqib ketishdi — Afg‘onistonda vaziyat keskinlashdi», — dedi Rahmon.

Tojikiston prezidenti mamlakat Afg‘oniston bilan eng uzun chegaralardan biriga egaligini qayd etdi.

«Biz sizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z tomonimizdan barcha ishlarni amalga oshiryapmiz – Tojikistonda Rossiya qurolli kuchlarining 201-harbiy bazasi faoliyat olib bormoqda. Biz uni, Tojikiston qurolli kuchlarini mustahkamlash ustida ishlayapmiz», — dedi Vladimir Putin.

Imomali Rahmon Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskvaga amaliy tashrif bilan kelgan, u 9 may bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanalarda ishtirok etadi.

Top