15:34 / 14.05.2021
13099
Teleshouda qatnashganidan so‘ng Maskning boyligi 20 mlrd dollarga kamaydi

Teleshouda ishtirok etguniga qadar Maskning boyligi 166 mlrd dollar deb baholanayotgandi. U shouda o‘zining biznes-rejalarini mazax qildi va Dogecoin kriptovalutasini firibgarlik deb atadi.

Foto: GETTY IMAGES

Tesla asoschisi va bosh direktori Ilon Mask NBC telekanalining Saturday Night Live shousida qatnashganidan so‘ng uning boyligi 20 mlrd dollarga kamaydi, deb yozadi Forbes.

9 mayda teleshouda ishtirok etguniga qadar Maskning boyligi 166 mlrd dollar deb baholanayotgandi. U shouda o‘zining biznes-rejalarini mazax qildi va Dogecoin kriptovalutasini firibgarlik deb atadi.

Maskning bu so‘zlari bir sutka ichida kriptovaluta narxining 30 foizdan ortiqroqqa pasayishiga olib keldi. 13 may kuni u Tesla o‘z elektromobillarini bitkoynga sotishni to‘xtatganini e'lon qildi. Buning ortidan eng qimmat kriptovaluta qiymati birdaniga 17 foizga pasaydi.

Shundan keyin Tesla va bitkoyn bilan aloqador boshqa kompaniyalar aksiyalari narxi tusha boshladi. Payshanba oqshomida Tesla aksiyalari narxi 15 foizga pasaydi. Natijada Maskning kompaniyadagi ulushi 20,5 mlrd dollarga - 145,5 mlrd dollargacha kamaydi.

Ekspertlarning fikricha, Maskning oxirgi bayonotlari kriptoinvestorlarni chalg‘itmoqda va Tesla aksiyalari narxi o‘ynashiga olib kelmoqda. 

Top