18:22 / 18.05.2021
3562
Andijonda YPX xodimi haydovchilarni videoga olib, izoh talab qilgan video tarqaldi

Joriy yilning 12 may kuni Andijon shahrida haydovchini videoga olib, YouTube’ga chiqarmoqchi bo‘lgan YPX xodimi bo‘yicha ma'lumot berildi.

Ta'kidlanishicha, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi yo‘l-patrul xizmati xodimi A.Q. Yu. Otabekova ko‘chasida «Damas» avtomobilini to‘xtatgan. Aniqlanishicha, 22 yoshli haydovchi B.Sh.ga nisbatan avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqargani bo‘yicha ma'muriy bayonnoma tuzib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan.

O‘zini haydovchining otasiman, deb tanishtirgan fuqaro xodimning yoniga kelib, turli izohlar talab qilgan. Xodim holatni videoga olib, You Tube’ga yuklashini aytgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top