Joriy yilning iyun oyi oxirigaça Toşkent-Andijon pullik yöl qurilişi loyihasining texnik-iqtisodiy işlari yakunlanadi. Bu haqda Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida ötkazilgan panel sessiyasida Transport vaziri örinbosari Jasurbek Çoriyev ma’lum qildi.
«Iyun oyi oxirigaça biz texnik-iqtisodiy işlarni tugatamiz. Yangi pulli yöl Toşkent va boşqa hududlarni Farğona vodiysi bilan boğlaşga yordam beradi. Loyihaning umumiy uzunligi 314 km bölib, uning qiymati 4,65 milliard dollarni taşkil qiladi», - deydi Jasurbek Çoriyev.
Bundan taşqari, uzoq yillardan beri asosiy maqsadlardan biriga aylangan transafğon temiryöli haqida ham ma’lumot berildi.
«Loyiha uçta davlatni bir-biriga boğlaşga yordam beradi — Özbekiston, Afğoniston va Pokiston. Temiryöl Yevrosiyo transport yölagini yaratişda muhim rol öynaydi. Natijada Markaziy Osiyo mamlakatlari Hind okeani portiga çiqiş imkoniga ega böladi. Temiryöl tovarlar yetkazib beriş muddatini 35 kundan 5 kungaça qisqartiradi. Tovarlarni yetkazib beriş narxi esa kamida 40 foizga pasayadi. Loyiha 2027 yil oxirigaça yakunlanişi kutilmoqda.
Yana bir muhim loyiha bu albatta Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temir yöli qurilişidir. Bu nafaqat Özbekiston, balki butun Markaziy Osiyo rivojlanişida katta rol öynovçi temiryöl böladi. Loyihaning asosiy kelişuvlari allaqaçon hal qilingan bölib, uning qiymati taxminan 5,1 milliard dollarni taşkil qilsa, uzunligi hozirgaça 454 km bölişi kutilmoqda», — deya ta’kidlagan Transport vazirining birinçi örinbosari.













