15:18 / 22.05.2021
14805
Qibraydagi bir qancha mahallalar Toshkent shahri tarkibiga o‘tishi mumkin

Qibray tumaniga qarashli bo‘lgan 21ta mahalla poytaxtning Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari tarkibiga o‘tkazilishi mumkin.

Foto: Yandeks xaritasi

Toshkent viloyati Qibray tumaniga qarashli 21ta mahalla fuqarolar yig‘ini (jami 4402 gektar) Toshkent shahri tarkibiga o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qibray tumani hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, 20 may kuni bu bo‘yicha Xalq deputatlari Qibray tuman kengashining tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilgan.

Xususan, Qibray tumanidagi:

Jarboshi, Tashisti, Ibrat, Mirishkor, Arg‘in, Bahor, Chinor va Tovkentepa mahallalari (2107,4 gektar) Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga;

Geofizika, Alisherobod, Chingeldi, Do‘stlik, Taraqqiyot, Barkamol, Bog‘ishamol, Vatanparvar, Amir Temur, Mevazor, Gulbog‘, Gulzor-1 va Pastki-yuz mahallalari (2294,6 gektar) poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga o‘tkazilishi mumkin.

Avvalroq, Sergeli tumanida ayrim mahallalarning chegaralari o‘zgartirilib, yangi mahallalar tashkil etilganligi ma'lum qilingandi.

Top