08:08 / 26.05.2021
8439
Namanganda haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

Joriy yilning 24 may kuni soat 18:00larda, Namangan viloyati, Pop tumani, "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining 279-kilometrida haydovchi J.J. "Neksiya" rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va beton to‘siqqa urilib, yo‘ldan chiqib ketib pastlikka tushib ketgan.

IIV YHXBB xabariga ko‘ra, natijada haydovchi hamda yo‘lovchilar, 20 yoshli A.R. va 35 yoshli A.Q. tan jarohatlari olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilishgan. Ushbu avtomobil yo‘lovchisi Ya.B. olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top