16:00 / 29.05.2021
18520
Konditsionerni qanday tanlash kerak?
Foto: LG Electronics

Yoz kelishiga ham oz fursat qolmoqda, bu esa konditsioner xarid qilish vaqti keldi degani. Biroq do‘konga borib, birinchi ko‘zga tushgan modelni sotib olishdan avval konditsioner turlari va ajralib turuvchi xususiyatlari qayd etilgan qo‘llanma bilan tanishib chiqing. Eng mashhur konditsionerlar split-tizimga ega bo‘lib, bugun ular haqida to‘xtalib o‘tamiz. 

Standart konditsionerlardan tashqari, LG mahsulotlari qatorida bir necha guruhlarga ajratish mumkin bo‘lgan modellar mavjud: havoni tozalovchi funksiyaga ega bo‘lgan konditsionerlar, eksklyuziv dizayndagi konditsionerlar va tasvirlarni o‘zgartirish imkoniyatiga ega konditsionerlar. Kelinglar, navbat bilan ko‘rib chiqamiz.

Havoni tozalovchi funksiyali DualCool

 

Ushbu seriyadagi konditsionerlarni odatiy standart modellardan ajraluvchi asosiy farqi, ular xonani sovitish va isitishdan tashqari havoni kichik zarrachali chang, mikrob va allergenlardan tozalay oladi. Chang konsentratsiyasini aniqlovchi va ifloslanish darajasini namoyish etuvchi PM 1.0 datchigi yordamida real vaqt rejimida uydagi havo tozaligini nazorat qilish mumkin.

Havoni tozalovchi funksiyali DualCool seriyasida xonani 40 foizga tezroq sovituvchi*, energiya iste'molini 70 foizgacha kamaytiruvchi** va sokin ish rejimini ta'minlovchi ikki karrali invertorli kompressor mavjud bo‘lib, sizning xordiq chiqarishingizga xalaqit bermaydi.

Havoni tozalovchi funksiyali konditsionerlar kategoriyasi ikkita modelni o‘z ichiga oladi: AP09RT va AP12RT. Ularning asosiy farqi – ish unumdorligi. AP09RT modeli spo 27 m² gacha maydonni, AP12RT modeli esa do 36 m² gacha bo‘lgan maydonni sovitishga qodir. O‘lchamlari, og‘irligi va boshqa xususiyatlari deyarli barida bir xil.

Art Cool Gallery

Betakror dizaynli mazkur ixcham konditsionerlar seriyasi o‘z uyi devoriga katta o‘lchamdagi texnikani osishni istamaydigan, aksincha, biror-bir noodatiy va minimalistik qurilmani qidirayotganlar uchun ajoyib tanlov bo‘la oladi. Fon suratlarini o‘zgartirish imkoniyati tufayli siz doimo intererga bezak bergan holda Klimtning «Bo‘sa»sini boshqa istalgan tasvir yoki fotosuratga almashtirishingiz mumkin.

Noodatiy vizual yechimdan tashqari, Art Cool Gallery konditsionerlari ish samaradorligi bilan boshqa kattaroq o‘lchamdagi modellardan sira qolishmaydi. Shuningdek, ularda ham uch yo‘nalishda mayin, tabiiy oqimni ta'minlovchi energeiyani tejash va havoni tezroq sovitish uchun ikkitali invertor kompressori o‘rnatilgan.

Boshqa ko‘plab modellar singari Art Cool Gallery konditsionerlarini ham masofadan turgan holda smartfonda LG ThinQTM ilovasi orqali boshqarish mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda, siz qayerda turganingizdan qat'iy nazar istalgan vaqtda konditsionerni yoqishingiz va o‘chirishingiz, rejimlarga o‘tkazishingiz va haroratni moslash imkoniga ega bo‘lasiz.

Art Cool Mirror

Ro‘yxatni eksklyuziv dizaynga ega Mirror konditsionerlari seriyasi yakunlaydi. Ularning ajralib turuvchi jihati – atrof-muhitni aks ettiruvchi va intererni to‘ldiruvchi old panelning ko‘zguli yuzasidir. 

Ko‘plab modellar kabi Art Cool Mirror ham shovqin darajasi past bo‘lgan energiya tejovchi va makonni tezroq sovituvchi ikki karra invertor kompressori bilan jihozlangan. Shuningdek, mazkur konditsionerlarni ham o‘z smartfoningizda  LG ThinQTM ilovasi orqali masofadan turib boshqarish mumkin.

Umid qilamizki, yuqoridagi tasniflar sizga tanlovingizda yordam beradi va endilikda siz o‘z uyingizda aynan qaysi konditsioner bo‘lishi kerakligini bilgan holda do‘konga borasiz.


*- Ko‘rsatkichlar konditsioner modeli va davlatlarga qarab farq qilishi mumkin

**- Ko‘rsatkichlar davlatlar va belgilangan haroratga qarab farq qilishi mumkin. LG Electronics ichki sinovdan o‘tkazish uslubi asosida. Ikki karra invertorli kompressorga ega US-W242K seriyali konditsioner modellari doimiy tezlikdagi (TS-H2465DA0) kompressorli konditsioner modeliga nisbatan sinovdan o‘tkazildi.

Reklama huquqi asosida

Top