Sovuq mavsum yaqinlaşgani sayin qişda doimo yaxşi saqlangan meva, sabzavotlar, rezavorlar bölişi uçun mahsulotlar zaxirasi haqida qayğuriş vaqti keladi. Ularning köpçilik qismi qisqa saqlaş muddatiga ega bölganligi sababli muzlatiş talab etiladi. Muzlatkiçlar mahsulot sofligini, şu bilan birga, uning foydali jihatlari hamda ta’m sifatini yanada uzoqroq saqlaşga yordam beradi. Uşbu maqolada muzlatilgan zaxiralarni saqlaşning asosiy qoidalari bilan örtoqlaşamiz.
Sof mahsulotlarni tanlaymiz
Muzlatkiçga faqat yangi, sof mahsulotlarni qöyiş kerak. Agar nimadir aynişni boşlagan bölsa, muzlatkiç möjizalarni amalga oşirmaydi.
Töğri öraymiz
Muzlatkiç kamerasida barça mahsulotlar past haroratlarda kutilmagan qurib qolişlarning oldini oliş uçun, bir-biriga hidi ötib ketişini bartaraf etiş uçun germetik tarzda öralgan bölişi kerak. Şuningdek, mahsulotlar turiga qarab zonalaştiriş ham muhim – rezavorlar bir tomonda, sabzavotlar – boşqa, uçinçi tomonda – göşt va baliq mahsulotlari. Şu bilan birga, bu kerakli masalliqni uzoq vaqt qidirişning ham oldini oladi.
Porsiyani kamroq qilamiz
Mahsulotlarni tezroq muzlatiş kerak. Agar porsiya qança kiyin va ingiçka bölsa, u şunça iç-içigaça muzlay oladi. Buning uçun muzlatiladigan mahsulotni kiçik bölaklarga 2 sm qalinlikda kesib çiqamiz yoki briket şaklidagi oziq-ovqat qoplariga qadoqlaymiz.

Muzlatiş uçun sovitamiz
Iliq va qaynoq taomlarni sovitiş zarur, aks holda, ular muzlatkiç içidagi haroratni özgartiradi, natijada esa qolgan mahsulotlar ham erişni boşlaşi mumkin.
Muzlatişning eng asosiy vazifalaridan biri – mahsulotlarning tuzilişi, ta’mi, rangi va ozuqaviy moddalarini saqlab qolişdir. Yeçim – LG DoorCooling+ sovitkiçlaridagi tezkor muzlatiş funksiyasi bölib, uning yordamida mahsulotlar pöstidagi muz kristallari hajm böyiça bir xilda va kiçikroq şakllanadi va bu öz navbatida ularning tuzilişini saqlab qolişga yordam beradi.
Bu LG sovitkiçlaridagi mavjud yagona xususiyat emas. Tezkor muzlatişdan taşqari, mahsulotlar sofligi va saqlaniş muddatiga ikkita zona javob beradi: Fresh Balancer va Fresh Converter.














