19:46 / 31.05.2021
3208
EPSILON (EDC): Talimarjon-6 qudug‘idan chiqayotgan gazning kunlik hajmi 120 ming kub. m ni tashkil etdi

Joriy yil 31 may kuni Talimarjon konidagi №6 qudug‘ida olib borilgan mukammal ta'mirlash va GRP ishlaridan so‘ng quduqdan gazning sanoat ko‘lamidagi oqimi olindi. Olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish maqsadida quduq bugunoq gaz uzatish tarmog‘iga ulanadi.  

Shuningdek, uglevodorodlar qazib chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan ishlar doirasida Chigil, Ilonli, Karakara va Ayzovat singari konlarning qator quduqlarida GRP amaliyotini o‘tkazish rejalashtirilgan. Barcha ishlar sanitariya- epidemiologiya va ekologiya talablariga rioya etilgan holda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Top