16:29 / 01.06.2021
900
Sirdaryoda o‘zini «departament xodimi» deb tanishtirib firibgarlik qilgan shaxs ushlandi

Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini «departament xodimi» deb tanishtirgan firibgar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning ichki xavfsizlikni ta'minlash bo‘limining bildirgisiga asosan, Shirin shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda, fuqaro Sh.X. boshqa bir fuqaro A.ga o‘zini «departament xodimi» deb tanishtirgan. So‘ng, unga 1 000 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali shahar hududidan bekat do‘kon qurish uchun yer ajratilishida yordam berishni va'da qilib, 500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top