Sirdaryoda uç egizak dunyoga keldi.

Jizzax viloyati Foriş tumanining Uçma qişloğida yaşovçi Anorxol Isroilova va uning turmuş örtoği Umid Isroilov tört qizdan söng öğil farzand kutgandi. Kuni keça ular uç egizakli böldi: ikki nafar qiz, kenjasi esa öğil. 

Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, ona farzandlarini Respublika ixtisoslaştirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filialida dunyoga keltirdi. 

Egizaklarning kattasi 1,9 kg, keyingisi 2,4 kg, öğil çaqaloq esa 2,1 kg bölib, ular tabiiy tuğruq jarayonida tuğildi. 

Muassasa rahbari Xanifa Sodiqovaning ma’lum qilişiça, ona va çaqaloqlarning umumiy ahvoli qoniqarli, ularning salomatligi şifokorlar nazorati ostida. 

Anorxol Isroilova va uning turmuş örtoği tört qizdan söng, öğil farzand kutgan. Bu niyat ham amalga oşib, farzandlari soni yettitaga yetdi.