16:00 / 05.06.2021
10788
Reklama

CleanBox – bugungi kun talabiga aylangan qurilma!

Koronavirus pandemiyasi butkul chekingani bilan bog‘liq umidlar, afsuski, oqlanmadi. Kasallik tarqalishi tobora oshayotgan bugungi kunlarda ishonchli himoya vositalariga bo‘lgan ehtiyoj har qachongidan ham ko‘paydi. CleanBox loyihasining mahsuloti esa shunday kunlarda juda asqatadi.

CleanBox loyihasi 2018 yilning iyul oyida Innovatsion rivojlanish vazirligi yordamida Lotus Engineering yetakchi nanotexnologik startap kompaniyasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan. Yosh va qobiliyatli muhandislarning ilg‘or g‘oyalari asosida yaratilgan mahsulotdan 2020 yilning boshidan buyon 35 ming dollarlik sotuv hajmiga erishildi.

CleanBox qator xalqaro loyihalar g‘olibi hisoblanadi hamda Skolkovo innovatsion markazida yuqori baholangan. Eng muhimi, mazkur loyiha inson salomatligini saqlash va mustahkamlashdek g‘oyani ilgari suradi.

Qurilmaning ijtimoiy ahamiyati haqida so‘z borganda birgina misolni keltirish mumkin. Ma'lumki, maktabgacha ta'lim muassasalarida belgilangan reglament bo‘yicha bolalar o‘ynaydigan o‘yinchoqlar kuniga ikki marta yuvilishi kerak. Tozalashlardan birida albatta xlor aralashmasidan foydalanilishi zarur va bu keyinchalik bolajonlarning nozik terisiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. CleanBox mana shu muammoni ham oson, ham arzon bartaraf etadi. Bolalar bevosita ushlaydigan o‘yinchoq va boshqa jihozlar tezlik bilan zararsizlantirib olinadi.

CleanBox – uy jihozlari, bolalar o‘yinchoqlari, hujjatlar, pullar, telefon, oziq-ovqat va bundan tashqari kundalik foydalaniladigan boshqa narsalardan noxush hidni bartaraf etuvchi va 99,9 foizgacha mikroblarni o‘ldiruvchi qurilmadir.

Bu qurilmaning ish prinsipi yorug‘likda faollashuvchi nanokatalitik filtrga asoslangan va u mikrob va bakteriyalarni zararsizlantirishda yuqori samara beradi. Afzalliklari orasida kundalik foydalanishda kasalliklar tarqalishining oldini olish muhim o‘rin egallaydi.

CleanBox afzalliklari haqida gap ketganda uning ultrabinafsha nurlar yoki ionizatordan foydalanmasligi e'tiborga molik. Sababi bunday modda va vositalarning inson salomatligi uchun zararlari talaygina.

Olib borilgan sinovlar shuni ko‘rsatadiki, CleanBox qurilmasida ishlatilayotgan o‘ziga xos materiallar zotiljam chaqiruvchi klebsiyellalar, stafilokkokk, streptokokk kabi mikroorganizmlarni 99,99 foiz samara bilan o‘ldira oladi.

CleanBox asosan hujjatlar, bolalar o‘yinchoqlari, telefon, pul, plastik karta, kiyim va boshqa anjomlarni zararsizlantirish va hidsizlantirishga mo‘ljallangan.

Yana bir loyiha – “Air Box” havo tozalovchi va zararsizlantiruvchi ixcham qurilma bo‘lib, xonadonlardagi havoni inson uchun foydali va bezarar holga keltirib beradi.

Afzalliklari:

– Havoni tozalaydi,

– mikroblarni o‘ldiradi,

– havoda mikroblar tarqalishining oldini oladi,

– havoni changdan tozalaydi,

– allergenlarni yo‘qotadi,

– havodagi noxush hid va zararli moddalarni yo‘qotadi,

– samarali tungi chiroq vazifasini bajaradi,

– ishlashning 3 rejimi bor,

– havoni namlantiradi,

– sog‘lom uyquga ko‘mak beradi.

CleanBox qurilmasini gavjum joylarga qo‘yib qo‘yish ko‘plab insonlarning salomatligiga xizmat qilish bilan bir qatorda kasalliklar tarqalishining oldini olishda yuqori samaradorlikka erishishga zamin yaratadi.

Undan quyidagi joylarda foydalanish mumkin:

– Ofis va kabinetlar,

– turar joylarning yotoqxonalari,

– restoran va kafelar,

– o‘quv markazlari,

– maktab va bog‘chalar,

– poliklinika va shifoxonalar,

– do‘konlar,

– mehmonxonalar.

Uchinchi qurilma – CleanBox AIR – maishiy konditsionerga havoni zararsizlantiruvchi qo‘shimcha moslama. Mazkur moslama konditsionerga qo‘shimcha sifatida mikrobga qarshi faollikni kuchaytiradi va havoda mikroblar tarqalishining oldini oladi.

Bunda mikrob va bakteriyalarni o‘ldirishda ozon, ultrafiolet nurlar va xlor kabi zararli vositalardan foydalanmaslik qurilmaning ommabopligini ta'minlaydi.

Ekologik toza mahsulot Janubiy Koreyaning yetakchi laboratoriyalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilg‘or texnologiyalar markazida sinovdan o‘tgan.

Aksiya!

CleanBox + AirBox = COMBO 

CleanBox va AirBox mahsulotlarini (jami 2 dona) sotib oling va yana bir AirBox’ni bepul qo‘lga kiriting. Aksiya faqat 2021 yil 30 iyungacha davom etadi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:

Tel: +998917790094, +998977071975

Sayt: www.cleanbox.uz

Telegram: cleanbox_uz

E-mail: lotusengen@gmail.com

Instagram: cleanbox_uz

Facebook: fb.com/cleanboxuzb

TikTok: cleanbox_uz

Reklama huquqi asosida

Top