16:17 / 09.06.2021
5853
Xitoyda talabalar kollej direktorini garovga oldi

​​​​​​​Qayd etilishicha, talabalar kollej nufuzi unchalik yuqori bo‘lmagan o‘quv yurti bilan birlashish jarayonini boshlagani sababli ana shunday harakatga qo‘l urgan. Ular kollejni bitirgandan so‘ng oladigan diplomlari nufuzi tushib ketishidan xavotirlangan.

Xitoydagi Nankin pedagogika universitetining Chjunba kolleji talabalari o‘quv yurtining boshqa ta'lim muassasasi bilan birlashishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilib, kollej direktorini garovga oldi, deb xabar berdi Hong Kong Free Press nashri.

Danyan shahri politsiyasining ma'lumot berishicha, talabalar 55 yoshli direktorni 30 soatdan ortiq vaqt davomida garovda ushlab turgan.

Qayd etilishicha, talabalar kollej nufuzi unchalik yuqori bo‘lmagan o‘quv yurti bilan birlashish jarayonini boshlagani sababli ana shunday harakatga qo‘l urgan. Ular kollejni bitirgandan so‘ng oladigan diplomlari nufuzi tushib ketishidan xavotirlangan.

Ushbu voqeadan so‘ng Tszyansu provinsiyasidagi barcha olti kollej birlashish to‘g‘risidagi reja to‘xtatilishini e'lon qilgan.

Top