14:26 / 11.06.2021
6919
Hindiston «Uzbekistan Airways» reysiga berilgan ruxsatnomani bekor qildi

Joriy yilning 11 iyun kuni Toshkent-Dehli yo‘nalishi bo‘yicha soat 02:05da uchadigan HY 421 reysi qoldirildi. 

«Uzbekistan Airways» AJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu reys Hindiston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi tomonidan avval berilgan ruxsatnomaning bekor qilinishi sabab qoldirilgan. 

Ma'lum qilinishicha, HY 421 reysi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar tez orada taqdim etiladi.

«Uzbekistan Airways» vujudga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Top